Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda poraxo‘r mayor uch yilga qamaldi
Sirdaryo viloyati Hovos tumani IIB xodimi mayor Nodirbek Umarovning ish yurituvida fuqarolar G.M. va Sh.N. larning o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lganligi tug‘risidagi material mavjud edi. Ishni yaxshilab o‘rganib chiqqan mayor bu ishdan o‘ziga manfaat keltira olishni o‘ylab qoldi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
Mayor o‘z kabinetiga Sh.N.ni chakirdi va uni “endi bu qilmishing uchun qamalishing mumkin, xohlasang men senga yordam berib yuboraman”, deb qo‘rqitgan.
“Yordam bersangiz men ham qarab turmayman”, - dedi rangi quv o‘chib Sh.N. Bir necha kundan keyin u Sh.N.ga qo‘ng‘iroq qilib oldiga chaqirdi va “Xo‘sh, o‘ylab ko‘rdingmi, G.M.ga uylanasanmi”, - deb so‘radi.
Sh.N. esa oilasi va 2 ta farzandi borligini hamda unga uylana olmasligini aytdi va mayordan yordam so‘radi. Mayor unga barmog‘i bilan 500 dollar ber, deb ishora kildi.
IIBdan chiqqan Sh.N. bu suhbat hakida tegishli idoraga murojaat qildi. Mayor N.Umarov 300 dollar porani olayotganida qo‘lga olindi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi nafsining quli bo‘lgan mayorga 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025