Arkanzas sudi 2005 yildan beri ilk qatlni ijro etishga ruxsat berdi
AQShning Arkanzas shtati oliy sudi 20 aprelda o‘lim jazosini ijro etish uchun inʼeksiya qo‘llashga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Shu tariqa sud hukumatning qatl etish huquqini tikladi. Bu shtatda 2005 yildan beri biror marta qatl jazosi ijro etilmagandi.
Ayni vaqtda Arkanzas turmalarida turli jinoyatlar uchun o‘lim jazosiga mahkum qilingan bir necha kishi bor. Ulardan ikki nafarining qatl etilishi 20 aprelga belgilangandi, yana 6 nafar mahbus aprel oxirigacha qatl etilishi kerak. Biroq shtat oliy sudiga bu ishlar bo‘yicha turli arznomalar berilgani sababli, ushbu qatllar ijro etilishi qachon amalga oshirilishi noma'lum bo‘lib qolmoqda, deb ta'kidlab o‘tdi axborot agentligi.
Bundan tashqari, qatlni amalga oshirishda qo‘llanuvchi dori vositalari yetkazib berilishida ham muammolar mavjud, ushbu vositalarning mavjud zaxiralari esa faqat aprel oxirigacha yetadi. Yangi vositalarning yetkazib berilishi uni ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan sud tortishuvlari sababli savol ostida qolmoqda.
Assoshieyted Press axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Arkanzasda o‘lim keltirib chiqaruvchi inʼeksiya sifatida rasman uchta vosita – midazolam, vekuroniy bromidi va kaliy xlorid qo‘llanadi. Odatda bu vositalar jarrohlikda va yurak kasalliklarida ishlatiladi.
Bugungi kunda AQShning 31 shtatida o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024