Dayjyest: Prezident Olmazorda, Harakatlar sarhisobi berildi, import-eksport masalasi ko‘tarildi va boshqa muhim xabarlar
Yakunlanib borayotgan 21 aprel O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Olmazor tumanida
Prezident Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishishda davom etdi.
Davlat rahbari Olmazor tumanida barpo etiladigan yangi savdo markazi va ko‘p qavatli uylar loyihalari bilan tanishdi. Prezident talabalar shaharchasida talabalar uchun yangi markaz loyihasi bilan tanishdi. Olmazor tumani hududida 7 qavatli uylar 12ta turar joy binolari hamda yangi istirohat bog‘i barpo etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning tumanga tashrifi davomida ma'lum qilingan. Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrifi davomida Olmazor tumanidagi «Tabassum» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Prezident, shuningdek, Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome' masjidida bo‘ldi.
“Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-chorak yakunlari” anjumani
Toshkent shahrida 21 aprel kuni “Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-chorak yakunlari” mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tildi. Shuningdek, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi. Ushbu anjumanda ijtimoiy soha hisoboti ham berildi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qilish sohasidagi necha nafar rahbar virtual qabulxonasi ochilgani haqda ham fikr yuritildi.
O‘zbekiston
Bakalavriat va magistraturaga qabul kvotasi 18 foizga oshiriladi
Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Bundan tashqari, Oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, Oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchilarga ustama haq to‘lash joriy etiladi.
Davlat raqobat qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi
Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng “Nukus xalqaro aeroporti”da qanday o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda?
Prezident oliy ta'lim tizimi bo‘yicha yangi qarorni imzoladi
«Importni cheklash eksport qisqarishiga olib keladi» — So‘nggi videoselektor majlisi yakunlari haqida
O‘zbekistonda import mahsulotlari uchun konvertatsiya yopilgani rostmi?
Toshkentdagi eng so‘lim 10 dam olish maskani
Jahon
Ahmadinajodga Eron prezidenti lavozimi uchun kurashishga ruxsat berilmadi
Parij markazida terakt yuz berdi. Fransiya prezidenti Parijdagi mazkur hodisa bo‘yicha bayonot berdi
Yevroparlament rahbari Brexit’ning bekor qilinishi imkoniyati borligini aytdi
Nazarboyev Ostona shahrining hozirgi ahvolini keskin tanqid qildi
Ostonada ShHT TIV rahbarlari Kengashi majlisi ochildi. Unda Eronning mazkur tashkilotga a'zo bo‘lishi masalasi o‘rtaga tashlandi.
O‘zbekistondan Issiqko‘lga samolyotda borish mumkin bo‘ladi
Asad jangarilar bilan muzokaralar shartlarini aytdi
Dunyodagi eng og‘ir ayol 245 kilogramm vazn tashladi (video)
YeChL yarim finali uchun qur'a tashlandi
Mavzuga oid
21:18 / 18.03.2020
Prezidentning xalqqa murojaati, Qirg‘izistonga kirib kelgan koronavirus, Gulnora Karimovaga yangi hukm va kunning boshqa xabarlari
21:55 / 12.03.2020
Prezidentning Xorazmga safari, xonandalarni soliqqa tortayotgan DSQ, pandemiyaga aylangan koronavirus va kunning boshqa xabarlari
21:52 / 11.03.2020
Muhokamaga sabab bo‘layotgan avto narxlari, Sandersni yenggan Bayden, Turkiyaga kirib kelgan koronavirus va kunning boshqa xabarlari
22:23 / 10.03.2020