Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Istanbuldagi terakt tashkilotchisi yo‘q qilinganini e'lon qildi
AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) IShID yetakchilaridan biri Abdurrahmon O‘zbekiyning o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Turkiyaning Anadolu agentligi xabar qilmoqda.
O‘zbekiy Istanbulning O‘rtako‘y tumanidagi «Reyna» tungi klubida 31 dekabr kuni sodir etilgan qo‘poruvchilik harakati tashkilotchisi hisoblanadi. O‘shanda, 39 kishi hayotdan ko‘z yumgan, ularning 25 nafari xorijliklar edi.
CENTCOM vakili, polkovnik Jon Tomasning aytishicha, IShID yetakchisi Abu Bakr Bag‘dodiyning yaqin safdoshi 2017 yil 6 aprelda Suriyaning Dayr az Zor shahri yaqinidagi Mayodin shahrida amalga oshirilgan harbiy amaliyot chog‘ida yo‘q qilingan.
O‘zbekiy, shuningdek, terrorchilar safiga xorijiy jangarilarni jalb qilish va moliyaviy mablag‘lar topish vazifasini ham bajargan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025