CityHawk - shaharlarda uchar taksilar paydo bo‘lishiga oz qoldi
So‘nggi vaqtlarda turli kompaniyalar yo‘lovchi tashish sohasida uchish qurilmalarini ishlab chiqayotganlari haqida xabarlar qilmoqda. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, uchar taksilarning paydo bo‘lishiga ko‘p qolgani yo‘q. Faqatgina qaysi kompaniya tayyor mahsulotni birinchi bo‘lib taqdim eta oladi, degan savol javobsiz qolmoqda, xolos.
Ehtimol, Isroilning Tactical Robotics kompaniyasi shunday korxona bo‘lar. U, allaqachon, tik uchuvchi Cormorant qurilmasini ishlab chiqqan. Aynan uning negizida keng omma uchun mo‘ljallangan transport vositasini ishlab chiqish ustida ishlar olib borilmoqda.
Ayni vaqtda, Tactical Robotics kompaniyasi AirMule bilan hamkorlikda (ikki firma ham Urban Aeronautics kompaniyasiga qarashli) qurilmani ishlab chiqish borasida faol izlanishlarni olib bormoqda. Bo‘lg‘usi uchar avtomobilga nom ham topilgan – CityHawk. Uning asosida Fancraft texnologiyasi yotadi, bunda korpus ichiga joylangan rotorlar vositasida aylanuvchi propellerlardan foydalaniladi. Shu sababli, CityHawk parraklari ko‘rinmaydi va uchish-qo‘nish, harakatlanishni qiyinlashtirmaydi. Yoqilg‘i sifatida siqilgan vodoroddan foydalaniladi.
Cormorant. Yangi uchish qurilmasi aynan uning negizida barpo etilmoqda
Kelgusida CityHawk uchar taksisiga elektrodvigatel o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Biroq, bunda ham yoqilg‘i sifatida vodoroddan foydalaniladi. Konstruktorlar yo‘lovchilarning xavfsizligini ham yoddan ko‘tarishmagan. CityHawk «o‘ta tez» parashyut tizimiga ega bo‘ladi. U nosozlik kuzatilgan taqdirda bir lahzada osmonga otiladi va ochiladi.
CityHawk transport vositasiga 4 yo‘lovchi, shu jumladan boshqaruvchi uchun o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, CityHawk avtomatik boshqaruv texnologiyasiga ham ega bo‘lishi mumkin. U ayni vaqtda bunday boshqaruv tizimi Cormorant’da sinovdan o‘tkazilmoqda. Urban Aeronautics ishlanmani 5 yilda yakunlashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
12:00 / 11.11.2024