Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ Ukrainaga navbatdagi kredit taqdim etish shartini ma'lum qildi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukraina bilan hamkorlik qilish shartini ilgari surdi. Unga ko‘ra, pensiya yoshini ko‘tarish hamkorlikni davom ettirishda muhim o‘rin tutadi, deb xabar qiladi UNIAN agentligi.
XVJ Yevropa departamenti direktori Pol Tomsenning bayonot berishicha, bu Ukraina Pensiya jamg‘armasidagi kamomadni qisqartirishning asosiy elementlaridan biridir. Ukraina Pensiya jamg‘armasidagi kamomad hajmi mamlakat YaIM (yalpi ichki mahsulot)iga nisbatan dunyodagi ikkinchi eng yirigi hisoblanadi.
«Pensiyalar juda ham past. Ularning haqiqiy miqdori inflyatsiya tufayli pasaytirildi. Ularni ko‘tarish zarurati bor. Biroq, bu pensiya tizimidagi o‘zgarishlar bilan bir vaqtda olib borilishi kerak», — degan Tomsen.
Uning qo‘shimcha qilishicha, pensiya islohoti Ukraina bilan hamkorlik shartlaridan biri bo‘lib, bir necha marotaba ortga surilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025