Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bolalar moda festivali bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 29 mayidan 1 iyuniga qadar Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida “OSIYO RAMZI” dizaynerlar uyushmasi tashkilotchiligida “Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali bo‘lib o‘tadi.
Ushbu festival tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, milliy mentalitet va hududiy iqlimiy sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida yaratilgan milliy kostyumlar orqali bolalar, shu jumladan, yoshlar va ularning ota-onalarida did, kiyinish madaniyati va estetik tarbiyaning shakllanishiga, O‘zbekiston san'ati va madaniyati sohasida bilimlarni kengayishiga imkoniyat yaratib beradi.
“Tantana”, “Tomosha”, “Diamondskids” ijodiy guruhlarining yosh modellari, shuningdek, Art-byuro “Kolibri” moda maktabining tarbiyalanuvchilari liboslar namoyishida har bir guruh uchun maxsus sahnalashtirilgan model sifatida ishtirok etishadi.
Moda festivali dasturi o‘z ichiga quyidagi tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirgan:
Beyoung for baby defilesi - bu yosh ishtirokchilar, jumladan, (yosh dizaynerlar, institut talabalari va kollej o‘quvchilari) uchun tanlov.
Sanoat liboslar to‘plamlarining namoyishi - “O‘zbekengilsanoat”
Davlat aksionerlik kompaniyasi qoshidagi O‘zbekistonning yetakchi tikuv va tikuv-trikotaj korxonalarining bolalar uchun mavsumiy va turli assortimentdagi liboslar to‘plamlarining namoyishi.
Gala-fashion shou - O‘zbekistonda bolalar modasi va dizayn sohasida an'analarning boyligi va zamonaviy izlanishlarni o‘zida aks ettiruvchi o‘zbek dizaynerlarining yakuniy liboslari namoyishi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025