Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mitsubishi Xitoyda dvigatellar ishlab chiqaruvchi ilk zavodini quradi
Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi Xitoyda dvigatellar ishlab chiqaruvchi o‘zining ilk korxonasini qurishni rejalashtirmoqda. Bu dvigatellar shu yerda yig‘iluvchi Outlander krossoverlariga o‘rnatiladi. Bu haqda Nikkei nashri xabar bermoqda.
Xunan viloyatida barpo etiladigan zavodning qurilishi bir yil ichida boshlanadi va uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 150 mingta dvigatelni tashkil qiladi. Loyiha qiymati 10 mlrd yyenga (92 mln dollar) baholangan. Shu zavod evaziga kompaniya Xitoyda o‘z mavqeini mustahkamlamoqchi va dvigatellarning Yaponiyadan keltirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirmoqchi.
Xitoyda Outlander krossoverlari Mitsubishi va Guangzhou Automobile Group (GAC) kompaniyalari qo‘shma korxonasida ishlab chiqariladi.
Mutaxassislarning fikricha, 2020 yilga kelib Xitoyda yangi avtomobillar savdosi joriy yilga nisbatan 10 foizga oshib, 30 mln donadan ko‘proqni tashkil qiladi. Bunda bozorning eng katta ulushi aynan krossoverlarga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025