Iqtisodiyot | 20:15 / 25.04.2017
4707
1 daqiqa o‘qiladi
Baker Hughes neft-gaz servis kompaniyasi sof ziyonini 7 marotabaga qisqartirdi
Dunyoda yirikligi bo‘yicha 3-raqamli neft-gaz servis kompaniyasi Baker Hughes joriy yilning 1-choragida sof ziyonini 7,6 marotabaga, ya'ni 129 mln dollargacha kamaytirdi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma'lum qilindi.
Kompaniya tushumi 15 foizga, ya'ni 2,26 mlrd dollargacha kamaydi.
Ma'lum bo‘lishicha, tushumning kamayishi kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi nasos qurilmalari ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi tugatilishi va jahon bozorida daromadining qisqarishi tufayli yuz bergan.
Avvalroq AQShning neft-servis kompaniyasi Halliburton sof ziyonini 75 marotaba, ya'ni 32 mln dollargacha qisqartirgani ma'lum qilingandi.