Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonliklar 5-9 may kunlari dam oladilar
Qirg‘izistonliklar may bayramlari munosabati bilan 5-9 may kunlari dam oladilar. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining axborot ta'minoti apparati bo‘limi boshlig‘i ma'lum qildi.
Gap shundaki, joriy yilda juma kuniga to‘g‘ri keladigan 5 may Qirg‘izistonda Konstitutsiya kuni, 9 may esa G‘alaba kuni sifatida nishonlanadi.
Bosh vazir Sooronbay Jeenbekov dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish maqsadida hukumatning ish kunlarini ko‘chirish haqidagi qarorini imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasi jadvali bo‘yicha ishlovchi tashkilotlar, muassasalar va korxonalar xodimlari uchun 8 maydagi ish kuni 13 maydagi dam olish kuniga ko‘chiriladi.
Shu tariqa, 8 may ish kuni emas deb e'lon qilingani sababli, qirg‘izistonliklar 5-9 may kunlari dam oladilar.
13 may, shanba esa ish kuni bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025