Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» «Sauthempton»ni mag‘lub etib, «Tottenhem» bilan oradagi farqni 7 ochkoga yetkazib oldi
«Chelsi» Angliya chempionatining 34-turida «Sauthempton»ni mag‘lub etdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan bahs 4:2 hisobida yakunlandi.
Ko‘klar safida Eden Azar, Gari Kexill va dubl qayd etgan Diyego Kosta o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibida esa «Chelsi»ning ikki sobiq o‘yinchisi - Oriol Romeu va Rayan Bertrand to‘p kiritdi.
APL turnir jadvalida birinchi o‘rinda borayotgan London jamoasi 78 ochko jamg‘ardi va «Tottenhem»ni (71) yetti ballga ortda qoldirmoqda. «Sauthempton» (40) esa to‘qqizinchi pog‘onada.
Chelsi – Sauthempton 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 5 Azar, 1:1 – 24 Romeu, 2:1 – 45 Keyxill, 3:1 – 53 Diyego Kosta, 4:1 –89 Diyego Kosta, 4:2 – 90 Bertran.
Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes (Terri, 86), Kante, Matich, Alonso, Fabregas (Pedro, 77), Azar (Villian, 90), Diyego Kosta.
Sauthempton – Forster, Soaresh, Stivens, Yosida, Bertran, Devis, Romeu, Uord-Prouz (Long, 82), Tadich, Gabbyadini (Rodriges, 86), Bufal (Redmond, 68).
Ogohlantirishlar: Kante (40), Fabregas (49), Romeu (60), Tadich (73).
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025