Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA olimlari Yerga o‘xshash muz bilan qoplangan ekzosayyorani aniqlashdi
Amerika Aeronavtika va fazoviy kengliklarni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi (NASA) avval ma'lum bo‘lmagan ekzosayyorani aniqladi. U Yer vazniga teng og‘irlikda bo‘lib, o‘z yulduzidan Yer va Quyosh o‘rtasidagi masofaga teng uzoqlikda joylashgan. Bu haqda NASA saytiga joylashtirilgan xabarda ma'lum qilingan.
"Ushbu muzli sayyora mikrolinzalash (uzoqdagi obektlarni boshqa fazoviy jismlarga qaytuvchi yorug‘liq nuri manbasini topish) usuli yordamida aniqlangan eng kichik sayyoradir", - deygan NASA xodimi Yossi Shvartsvald.
Boshqarmaga ko‘ra, Yer va OGLE-2016-BLG-1195Lb nomini olgan sayyora o‘z quyoshlaridan bir xil masofada joylashgan. Biroq, yangi sayyora juda zaif bo‘lgani bois, u yerda hayot bo‘lishi dargumon. Shunga qaramay, mazkur kashfiyot, galaktikamizdagi boshqa sayyoralar tizimini o‘rganishda qo‘l keladi, deb uqdirmoqda NASA.
Mavzuga oid
00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025