Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kompaniyalar daromadidan olinadigan soliqni kamaytirishni taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Trampning soliq islohoti kompaniyalar daromadidan olinadigan soliqning 35 foizdan 15 foizgacha kamaytirilishini nazarda tutadi, deb ma'lum qildi AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin.
"Biz soliq stavkasini 15 foizgacha kamaytiramiz", deb aytgan Mnuchin.
Uning aytishicha, bu soliq ham korporatsiyalarga, ham o‘rta va kichik biznesga taalluqli bo‘ladi.
Mnuchinning ta'kidlashicha, ayni vaqtda AQShda "dunyodagi eng qiyin hisoblanuvchi soliq stavkasi" mavjud.
Vazir shuningdek xorijdan daromadning qaytarilishiga kichik soliq qo‘yilishiga va'da berdi. Uning aytishicha, bu davlatga trillionlab dollarlarning qaytarilishiga olib keladi. Biroq Mnuchin bu soliq miqdori qanday bo‘lishini ma'lum qilishdan bosh tortdi.
Tramp shuningdek farzandlari va qaramog‘ida boshqa shaxslar bor oilalarga yangi soliq imtiyozlarini kiritishni taklif qildi. Bundan tashqari, oilalar uchun maksimal soliq chegirmalarini 2 barobarga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021