Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi 120 metrlik yashirin yer osti yo‘lagi aniqlandi
O‘zbekiston MXX Farg‘ona viloyatida noqonuniy kontrabanda faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro faoliyatiga chek qo‘ydi. 2016 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tezkor bo‘linmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida viloyatning Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berildi.
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda MXX Matbuot markazi katta xodimi Yulchibayeva Lolaning ma'lum qilishicha, ushbu fuqaro xonadonidan Qirg‘iziston hududiga olib boruvchi 120 metrlik yer osti yo‘lagi aniqlangan. Bu ushbu uy egasiga kontrabanda faoliyati bilan erkin shug‘ullanishiga imkon bergan.
Ta'kidlanishicha, Qirg‘iziston xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan sa'y-harakatlar sababli mazkur yer osti yo‘lagi bartaraf etildi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025