Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola vs Mourino: Manchester derbisida g‘olib aniqlanmadi
Angliya Premer ligasining 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi derbi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Manchesterdagi «Etixad — Siti of Manchester» stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin nursiz durang 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning katta qismida «shaharliklar» hududiy ustunlikka ega bo‘lishdi, to‘pni nazorat qilishdi. Biroq, mehmonlar mudofaasini yorib o‘tishning uddasidan chiqa olishmadi. «Qizil iblislar» Maruan Fellayni maydondan chetlatilganidan so‘ng, 10 kishi bo‘lib qolishdi. Fellayni ikki daqiqa ichida sariq va qizil kartochka olishni qoyillatdi. O‘yin oxirlarida ikki yarim oy mobaynida ilk marotaba maydonga tushgan Gabriel Jyezus «MYu» darvozasini nishonga oldi, biroq hakamlar braziliyalikning o‘yindan tashqari holatda bo‘lganini qayd etishdi.
Ayni vaqtda «Siti» 65 ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «MYu» 64 ochko bilan uni ta'qib qilmoqda.
Mavzuga oid
17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
17:37 / 04.02.2025
O‘zbekistonning Britaniyadagi elchisi Abduqodir Husanov bilan uchrashdi
13:53 / 29.08.2024