Sport | 09:44 / 28.04.2017
9993
2 daqiqa o‘qiladi

Taymazov Pekin olimpiadasi oltin medalidan mahrum qilish qaroriga apellyatsiya berdi

Foto: TACC

Erkin kurashchi Artur Taymazov Xalqaro olimpiya qo‘mitasining uni 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi oltin medalidan mahrum qilish bo‘yicha qaroriga qarshi Sport arbitraj sudiga (SAS) apellyatsiya yubordi. Bu haqda sud rasmiy saytidagi relizda aytiladi.

2017 yilning 31 mart kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Taymazovni uning doping-namunalarida turinabol va stanozolol kabi taqiqlangan moddalar topilgani tufayli oltin medaldan mahrum qilish haqida qaror chiqardi. Sport arbitraj sudiga qilgan murojaatida sportchi XOQ qarori bekor qilinishini talab qilgan.

Taymazov 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida vazni 120 kilogramgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasidagi final bahsida rossiyalik sportchi Baxtiyor Ahmedovni mag‘lub etgandi. Avvalroq XOQ matbuot xizmati Taymazov medalni qaytarib berganidan so‘ng aynan Ahmedov Pekin Olimpiadasi oltin medali egasiga aylanishini ta'kidlab o‘tdi.

Taymazov Pekin olimpiadasi oltin medalidan mahrum qilindi

Artur Taymazov: “Medallarimni har doim halol kurash bilan qo‘lga kiritganman”

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid