Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
VW Golf Yevropa bestselleri maqomini boy berdi
Joriy yil mart oyida Volkswagen Golf 7 yilda ilk marotaba Yevropa avtomobil bozoridagi eng ommabop va ko‘p sotiladigan mashina maqomidan mahrum bo‘ldi. JATO Dynamics kompaniyasi hozirlagan hisobotga ko‘ra, Ford Fiesta mashinalari «Golf»ni ortda qoldirgan. Unga ko‘ra, Ford Fiesta Volkswagen Golf avtomobiliga qaraganda 468ta ko‘proq sotilgan. Ya'ni, Amerika modelidan jami 47263ta sotilgan bo‘lsa, Germaniya markasini 46795 mijoz xarid qilgan.
Umumiy hisobda o‘tgan oyda Yevropa avtobozorida 1,93 mln dona avtomobil savdosi qayd etilgan, bu 2016 yildagi shu davrga nisbatan 10,8 foizga ko‘p demakdir. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, bu natija JATO Dynamics tomonidan olib borilayotgan kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori natijadir.
Shu bilan Yevropa avtomobil bozori AQShni (1,5 mln dona avtomobil sotilgan) ortda qoldirib, ko‘lami jihatidan dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Birinchi o‘rinni ishonch bilan Xitoy egallab turibdi.
Mavzuga oid
22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda
23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi
20:30 / 02.12.2024
Volkswagenʼning to‘qqizta zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
23:42 / 27.11.2024