Sport | 21:28 / 29.04.2017
5236
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Lester» kichik hisobda g‘alaba qildi, yana ikki uchrashuvda gol urilmadi

Angliya chempionatining 35-turi doirasidagi uchrashuvlar gollarga boy bo‘lmadi. Avvaliga «Sanderlend» «Bornmut»ga oxirgi daqiqalarda o‘tkazilgan gol tufayli mag‘lub bo‘lgan va ligani tark etishi aniq bo‘lgandi.

«Lester» «Vest Bromvich Albion» ustidan minimal hisobda g‘alaba qildi (1:0). «Tulkilar»ning g‘alaba goli Jyeymi Vardi tomonidan birinchi bo‘lim oxirida urildi.

Turning yana ikki uchrashuvida muxlislar gol ko‘rishmadi. «Sauthempton» «Hall Siti» bilan (0:0), «Stok Siti» esa «Vest Hem Yunayted» bilan durang o‘ynadi (0:0).

Angliya chempionati
35-tur

Vest Bromvich – Lester 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 43 Vardi.
Vest Bromvich – Foster, Makoli, Nom (Makkleyn, 60), Douson, Evans, Yakob (Fletcher, 69), Livermor, Shadli, Morrison (Leko, 79), Brant, Rondon.
Lester – Shmeyxel, Benaluan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Marez (King, 81), Okadzaki (Uloa, 67), Vardi.
Ogohlantirishlar: Drinkuoter (16), Yakob (22), Benaluan (52), Morrison (66).

Sauthempton – Hall 0:0 (0:0, 0:0)
Sauthempton – Forster, Stivens, Bertran, Soaresh, Yosida, Tadich, Bufal (Sims, 58), Redmond (Rodriges, 87), Devis, Gabbyadini (Long, 59), Romeu.
Hall –    Yakupovich, Maguayr, Ranokkiya, Robertson, Al-Muhammadi, Ndiayye, Klukas, Evandro (Xenriksen, 72), Markovich (Douson, 90), Grositski (Haddlstoun, 83), Nyasse.
Ogohlantirishlar: Maguayr (70), Ndiayye (90), Ranokkiya (90).

Stok Siti – Vest Hem 0:0 (0:0, 0:0)
Stok Siti – Batlend, Shoukross, Munes, Martins Indi, Kemeron, Allen (Krauch, 70), Uelan (Adam, 80), Arnautovich, Shakiri, Jonson, Beraxino.
Vest Hem – Adrian, Rid, Kollinz, Masuaku (Kressuell, 46), Fonte, Nordtveyt, Fernandesh, Lansini, Kuyate, Ayyu (Nobl, 69), Kaleri (Snodgrass, 80).
Ogohlantirish: Munes (17).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid