Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida 5 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi
Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kira boshladi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etayotgan 5 nafar bokschimiz o‘z janglarini boshlashadi.
Xususan, soat 12:00da start beriladigan kunduzgi janglarni 56 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va turkmanistonlik Muradov Shodlikmurod boshlab berishadi.
Shundan so‘ng, 64 kg vaznli bokschimiz Xoldorov Iqboljon hindistonlik Ashishga qarshi ringga ko‘tariladi.
Soat 18:00da boshlanadigan kechki bahslarni esa, Rio-2016 g‘olibi Hasanboy Do‘smatov (49 kg) shri-lankalik Palleha Tsivankani sinovdan o‘tkazish bilan boshlab beradi.
Keyinroq, 75 kgli akrobat bokschimiz Isroil Madrimov falastinlik Abu Dabat Qosimga qarshi jang olib boradi.
Mazkur juftlik g‘olibi aniq bo‘lgach, ringga yana bir o‘zbekistonlik bokschi ko‘tariladi. 91 kggacha vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Kim Xyongkyu bilan keyingi bosqich masalasiga oydinlik kiritadi.
Shu munosabat bilan Kun.uz tahririyati barcha boks muxlislarini hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlab, sportchilarimizga omad tilaydi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025