«Diktatorga yo‘q!». Istanbulda birinchi may namoyishlari, politsiya kuch ishlatdi

Foto: Hurriyet
Turkiyada politsiya Istanbul shahrida birinchi may kuni munosabati bilan ko‘chalarga chiqqan kishilar namoyishini tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘lladi. Bu haqda AFP xabar bergan.
Huquq tartibot organlari xodimlari hukumat taqiqlaganiga qaramasdan namoyish uyushtirgan 200ga yaqin kishini to‘xtatishga uringan.
Namoyishchilar qo‘lida «Birinchi mayga sharaflar bo‘lsin!» va «Diktatorga yo‘q!» so‘zlari bitilgandi.
Hurriyet nashri xabariga ko‘ra, Taqsim maydoniga birinchi may plakatini ilmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olingan.
24 aprel kuni Turkiya IIV rahbari Sulaymon So‘ylu Taqsim maydonida birinchi may tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlanganidan ogohlantirgandi.
Ayni vaqtda hududda politsiyachilar soni oshirilgan, maydon atrofi o‘rab olingan. Yaqin atrofda kishilarni nazorat qilish ishlari kuchaytirilgan.
Mavzuga oid

16:20
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

13:32 / 12.04.2025
Istanbul sobiq meri Imomo‘g‘li prokurorga tahdid qilgani uchun sudlanmoqda

10:11 / 28.03.2025