Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda militsiya tergovni maxsus xonalarda o‘tkazadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jinoyatlarni ochish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.
Hujjat 2018 yilning 1 yanvaridan e'tiboran ichki ishlar organlarida tergov stenografiyasi, videokuzatuv, shuningdek, tergov harakatlarining audio va videofiksatsiya tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar joriy qilinadi.
Bundan tashqari, tergov jarayoni shaffofligini ta'minlash uchun kelgusi yilning 1 yanvaridan boshlab Tergov departamenti va uning hududiy bo‘linmalari o‘rtasida videokonferensiya ko‘rinishidagi aloqa tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Prezident 11 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini va ish olib borish uslubini qattiq tanqid qilgan edi.
Prezident IIV organlari jinoiy ishlarni tergov qilishda xolislik bilan harakat qilib, hodisani adolatli baholashi muhimligini qayd etib o‘tgan.
O‘zbekiston rahbari jinoyatlarni ochish borasida ham qator kamchiliklar mavjudligini ta'kidlagandi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagani va sansalorlikka yo‘l qo‘yilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?
10:52 / 22.01.2025