Jahon | 09:09 / 02.05.2017
5795
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada 3 politsiyachi o‘ldirib ketildi

Foto: EPA

Misr poytaxti Qohirada qurolli hujum oqibatida 3 politsiyachi halok bo‘ldi, yana 5 nafari jarohat oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.    

Hujum 1 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:45da Qohiraning Madinat-Nasr tumanida sodir etilgan. Ikkita mashinada harakatlangan bosqinchilar politsiya patrulini o‘qqa tutgan. Halok bo‘lganlar orasida 2 nafar zobit va bir nafar askar bo‘lgan.  

Ayni vaqtda jinoyatchilar qidirilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid