Sport | 16:30 / 03.05.2017
5418
1 daqiqa o‘qiladi

«Monako» «MYu»ning katta pullariga ham Mbappeni sotmadi

Foto: eurosport.com

«Manchester Yunayted» «Monako»ning 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishni istagandi, deb yozmoqda jurnalist Janluka Di Martsio.

Manba bergan xabarga ko‘ra, mankunianlar bu borada monegaskliklarga 85 million yevro taklif qilgan. Lekin «Monako bu taklifga darhol rad javobini bergan.

«Monako» «MYu» vakillariga Mbappeni sotishdan 120-140 million yevro atrofida mablag‘ ishlab olishmoqchi ekanini bildirgan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid