Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolicha Yelizaveta xonadonida favqulodda holat: Nashrlar muhim xabar kutmoqda
Buyuk Britaniya qirollik qarorgohlarining barcha xodimlari Londonga yetib kelgan, qirollik xonadonida shoshilinch yig‘ilish chaqirilgan. Daily Mail xabariga ko‘ra, ular bugun tongda Bukingem saroyida Lord-kamerger va qirolicha Yelizaveta Ikkinchining shaxsiy kotibi Kristofer Geyd bilan uchrashishi kutilmoqda.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, bu shoshilinch yig‘ilish sababini aniqlay olmayapti va "barchasi o‘zgachaligi" haqida yozmoqda. Bu yig‘ilish haqidagi xabar oddiy britaniyaliklarni sergaklikka chaqirdi, ular ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlarini bildirishmoqda.
Frantsuz nashrlarida esa qirolichaning turmush o‘rtog‘i Edinburg hertsogi vafot etgani haqida yozilmoqda.
Shuningdek, qirolicha vafot etgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Katta ehtimol bilan Buyuk Britaniyadagi barcha nashrlar qirolicha yoki gersog o‘limi uchun ta'ziya sonlarni allaqachon tayyorlab qo‘ygan.
Hozircha saroydagilar bo‘layotgan voqealarga izoh bermayapti.
Mavzuga oid
17:28 / 20.02.2022
Qirolicha Yelizaveta II koronavirusga chalindi
19:50 / 19.12.2017
Britaniyaning yaqinda safga kiritilgan eng yirik aviatashuvchi kemasida nosozlik aniqlandi
12:33 / 04.05.2017
«Tashvishga hojat yo‘q» - Qirollik xonadonida hamma sog‘
21:29 / 21.11.2016