Light | 20:25 / 04.05.2017
28292
2 daqiqa o‘qiladi

Orol ham emas, quruqlik ham - xallig (fotojamlanma)

Foto: @jeanphilippedetonnac

Germaniyadagi Shimoliy dengiz qirg‘og‘ida nemislar "xallig" deb atovchi landshaft hududlar uchraydi. Bu orol ham, quruqlik ham emas. Xalliglar faqat sel kelgandagina orolga aylanadi, qolgan vaqtda ular materikka ulangan va ulargacha piyoda yetib olish mumkin.

Faqat buni mahalliy aholi yordamisiz, mustaqil bajarish tavsiya qilinmaydi. Tajribalar sel vaqtida yuzaga keluvchi oqim hatto professional sportchiga ham quruqlikka yetishga imkon bermasligini ko‘rsatgan.

Odamlar mahalliy sharoitga allaqachon ko‘nikib qolishgan va shu bois o‘z uylarini sun'iy ko‘tarmalarga qurishadi. 

Foto: @NDRreporter

Xalliglar soni atigi o‘nta bo‘lib, ulardan uchtasi kimsasizdir. Ularning eng yirigida 100 nafarga yaqin kishi yashaydi, qolganlarida esa - 10-20 nafardan. Bu yerda sayyohlar ko‘p emas, birgina o‘lkashunoslik muzeyi va atigi ikki mehmonxona bor. Xalliglarda hayot tinch kechadi. 

Nemislar hatto xalliglarda yashovchi kishilarning ruhiy holatini ifodalash uchun maxsus iborani qo‘llashadi: «Reif für die Insel» ("Orol uchun yetilgan")

Foto: @ostfrieslandfrau
Foto: @abendblatt
Foto: @akkolady
Foto: @car_detailer
Foto: @melone1987
Foto: @fewo_deich_und_meer
Foto: @geo_ndr
Foto: @loopingmagazin
Foto: @loopingmagazin
Foto: @ottmarheinze
Foto: @melone1987

 

Foto: @melone1987
Foto: @melone1987
Foto: @ottmarheinze
Foto: @m.a_r.t.i.n

Foto: @schulwerk

 

Mavzuga oid