Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In harbiylariga Janubiy Koreyaga zarba berishga tayyorlanishga buyurdi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat janubiy chegaralaridagi ikki orolda joylashgan harbiy otryadlarni ko‘zdan kechirish uchun kelgan vaqtida Pxenyan Janubiy Koreyaga hujum qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerakligini ma'lum qilgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga asoslangan holda Yonhap agentligi xabar tarqatdi.
Kim Chen In Chanjedo orolidagi kuzatuv punktidan Yonpxyondo orolini ko‘zdan kechirgan. Unga Janubiy Koreya qo‘g‘irchoq dushman kuchlarining shimoli-g‘arbiy orollariga oxirgi joylashuvi va Yonpxyondo orolidagi bo‘linmalarning holati haqidagi hisobot o‘qib eshittirilgan. Shundan so‘ng u dushman obektlarining yangi garnizonlari bo‘ylab artilleriya zarbasi berish rejasi bilan tanishgan va yo‘l-yo‘riq bergan.
Uning tashrifidan so‘ng harbiylarga to‘la jangovar holatda turish buyurilgan.
«U (Kim Chen In) ma'lum qildiki, janubiy-g‘arbiy front chizig‘ida armiyaning artilleriya bo‘linmalari dushmanning qanotini sindirish uchun doimo shay bo‘lib turishi kerak», — deyilgan xabarda.
29 aprelga o‘tar kechasi Pxenyan navbatdagi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. OAV ma'lumotiga ko‘ra bu safargi uchirish muvaffaqiyatsiz chiqqan. May oyi boshida Janubiy Koreya AQShning strategik bombardimonchi samolyotlari Koreya yarim oroli ustidan uchib o‘tgan. KXDRda bu parvozlar yadroviy urushga turtki sifatida qabul qilingan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025