Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida ayollar o‘rtasida velosport musobaqasi o‘tkaziladi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1993 yil 20 sentabrdagi yig‘ilishida 15 may “Xalqaro oila kuni” deb ta'sis etgan. Xalqaro oila kunini nishonlash hamda “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari” yili munosabati bilan “Sog‘lom ayol – sog‘lom avlod” shiori ostida havaskorlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazilmoqda.
Musobaqa tashkilotchilari O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik fondi (UNFPA) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Velomarafon Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari, aniqrog‘i Taraqqiyot ko‘chasining Xorazm ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlanib – Amir Temur xiyobonining aylanasi bo‘ylab – Istiqbol ko‘chasining Xorazm ko‘chasi kesishmasidagi ko‘chalarda bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa boshlanishi va joyi: Amir Temur xiyobonining Simpoziumlar saroyi yon tarafida joylashgan Taraqqiyot ko‘chasidan boshlanadi.
Ishtirok etuvchilar avval ro‘yxatdan o‘tadilar. Musobaqa ishtirok etish shartlari: Toshkent shahridagi tuman hokimliklari va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan 800 ga yaqin ishtirokchilar ta'minlanadi. Qolgan ishtirokchilar esa faqatgina o‘z velosipedlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish: 13 may kuni soat 7:00dan – 9:00gacha davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchiga raqamlar beriladi.
G‘oliblar 3 yosh guruhga bo‘linib, har bir guruhda birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari taqdirlanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025