Bektemir O‘zbekiston termasiga to‘rtinchi oltinni tuhfa etdi
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. Unda 81 kg vazn toifasida ishtirok etib, yarim finalga chiqa olmagan bokschilar o‘rtasida JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tdi.
Shabbos Nig‘matulloyev (Tojikiston) – Adli Hafiz Mohd Pauzi (Malayziya)
Manish Panvar (Hindiston) – Ali Avais Xon (Pokiston) juftliklarida tojikistonlik va pokistonlik bokschilarning qo‘llari baland kelib, Germaniyada bo‘lib o‘tajak JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu vazn toifasida Osiyoda eng kuchli bokschi kim ekanini aniqlab beradigan jangda esa ringga Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) – Yyerik Aljanov (Qozog‘iston) juftligi kelib chiqishdi.
Aytish mumkinki, Bektemir ustunligida o‘tgan jangda u haqli ravishda g‘alaba qozondi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024