Sport | 10:47 / 06.05.2017
53331
3 daqiqa o‘qiladi

Bugun Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 5ta vazn toifasida final janglari bo‘lib o‘tadi

Foto: kun.uz

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati ham yakuniy bosqichga kirdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 9 nafar bokschi o‘z vazn toifalarida final va jahon yo‘llanmalarini naqd qildi. 

Ta'kidlash o‘rinliki, bugun yana bir o‘zbekistonlik bokschi, yarim finalda qozog‘istonlik Vasiliy Levitga imkoniyatni boy bergan Sanjar Tursunov -91 kg vazn toifasida Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun ringga ko‘tariladi. 

Umuman bugun 5ta vazn toifasida final va JCh yo‘llanmasi uchun janglar bo‘lib o‘tadi. Soat 14:00da boshlanadigan kunduzgi bahslarda dastlab 56 kg vazn toifasida JCh yo‘llanmasi uchun kurashadigan bokschilar kuch sinashadi. Bular: 

56kg. Nima Dorji     (Butan)    –  Simon Makarave (Indoneziya)
          Riomey Tanaka (Yaponiya) –  Gaurav Bidhuri (Hindiston)
Final. Murodjon Ahmadaliyev (O‘zbekiston) – Jiavey Jiang (Xitoy)

60kg.  Adilet Kurmetov (Qozog‘iston) – Chu-en Lay (Taypey)
          Aarashi Morisaka       (Yaponiya) – Farrand Papendang (Indoneziya)
Final. Shiva Tsapa          (Hindiston) – Elnur Abduraimov (O‘zbekiston)

75kg. Brama Hendra Betaubun (Indoneziya) – Aziz Ochilov (Turkmaniston)
          Abdul Muin Aziz          (Suriya)         – Eumir Marsial (Filippin)
Final. Dongyun Li                   (J. Koreya)   – Isroil Madrimov (O‘zbekiston)

Kechki janglar.
81kg. Shabbos Nig‘matulloyev (Tojikiston) – Adli Hafiz Mohd Pauzi (Malayziya)
         Manish Panvar              (Hindiston)   – Ali Avais Xon (Pokiston)
Final. Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) – Yyerik Aljanov (Qozog‘iston)

-91kg. Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Salar G‘ulomiy (Eron)
           Yu Fengkay          (Xitoy)          – Mahmud Sanaulloh (Pokiston)
Final. Vasiliy Levit (Qozog‘iston)  – Sumit Sangvan (Hindiston)

Bugungi final janglarini Kun.uz'ning YouTube portalidagi kanali orqali kuzatish mumkin.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid