Sport | 20:45 / 06.05.2017
10653
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola APLda eng yirik g‘alabasiga erishdi

Angliya premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda «Manchester Siti» o‘z uyida «Kristal Pelas»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq hisob ochildi. David Silva «Siti» tarkibidagi o‘zining 50-golini kiritib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Vensan Kompani Kevin de Bryuynening pasidan keyin 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng ilk marta «Etihad»da gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 59-daqiqada endi de Bryuynening o‘zi farqni yiriklashtirdi. 82-daqiqda Rahim Sterling hisobdagi farqni 4taga yetkazgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Kevin de Bryuyne o‘zining APL bu mavsumida 15-golli pasini amalga oshirdi. Nikolas Otamendining bosh bilan bergan zarbasi o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Natijada Gvardiola APL joriy mavsumidagi eng yirik g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini 69taga yetkazib oldi va 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Angliya premer-ligasi, 36-tur

Manchester Siti – Kristal Pelas 5:0 (1:0)
Gollar: 
Silva (2), Kompani (49), de Bryuyne (59), Sterling (82), Otamendi (90+2).
Manchester Siti: Kabalero, Kompani, Otamendi, Klishi, Sterling, Silva (Sabaleta, 68), Fernandino, de Bryuyne, Ture, Sane (Navas, 84), Gabriel Jyezus (Ixeanacho, 84).
Kristal Pelas: Hennessi, van Anxolt, Kelli (Dileyni, 76), Uord, Milivoyevich (Flamini, 67), Zaa, Makartur, Taunsend (Li Chun Yun, 57), Panchon, Shlupp, Benteke.
Ogohlantirishlar: Kelli (4), Kompani (33), Milivoyevich (52), Dileyni (90+1).

Mavzuga oid