Isroil Madrimov Osiyoda tengsiz!

Foto: Kun.uz
Boks bo‘yicha Osiyo chempionati final bahslarining 6 may kunduzgi bosqichiga belgilangan janglar yakuniga yetdi. So‘nggi bo‘lib ringga 75 kg vazn toifasida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash olib boruvchi
Brama Hendra Betaubun (Indoneziya) – Aziz Ochilov (Turkmaniston)
Abdul Muin Aziz (Suriya) – Eumir Marsial (Filippin)
juftliklari chiqib kelishdi.
Birinchi juftlikda turkmanistonlik bokschi Ochilov raqibidan har jabhada ustunligini namoyish qildi va nokaut bilan g‘alaba qozondi. Abdul Muin Aziz (Suriya) – Eumir Marsial (Filippin) juftligida esa Marsial qo‘li baland keldi.
Ushbu vazn toifasida final jangi esa koreyalik Dongyun Li hamda o‘zbekistonlik Isroil Madrimovlar o‘rtasida kechdi. Isroil ustunligida boshlangan bahs referi qaroriga ko‘ra, birinchi raunddayoq to‘xtatildi. Bunga Isroilning raqibi yarim final bahsida olgan jarohati ochilib ketgani sabab bo‘ldi.
Shu sababli bir yarim daqiqa davomidagi ballar hisobga olindi va Isroil O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 6 may kechki janglarda yana bir o‘zbekistonlik bokschi final jangini o‘tkazadi. 81 kg vazn toifasidagi Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Yyerik Aljanov bilan kuch sinashadi. 91 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sanjar Tursunov eronlik Sadar G‘ulomiy bilan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi

12:16 / 04.04.2025
Mo‘ydinxo‘jayev va Xoldorov jahon kubogini chorakfinaldayoq tark etdi

14:34 / 22.03.2025