Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixiy kun. Venger Mourinoni yengdi
Angliya chempionatining 36-turida «Arsenal» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.
O‘yinning 54 va 57 daqiqalarida Granit Chaka va Denni Uelbek tomonidan urilgan gollar mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, londonliklar ustozi Arsen Vengerning Joze Mourinoga qarshi o‘yinlardagi statistikasida ilk g‘alaba paydo bo‘ldi. Shu vaqtgacha ushbu murabbiylarning o‘zaro to‘qnashuvi 12 marta kuzatilgan, Venger jamoasi Mourino jamoasiga qarshi («Chelsi» va «MYu») 5 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan va 7 uchrashuvda durang natija qayd etilgandi.
Shuningdek, bu o‘yindan keyin «MYu»ning APLda 25 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Joze Mourino jamoasi oxirgi marta 2016 yilning 23 noyabrida, chempionatning 9-turida «Chelsi»ga 0:4 hisobida yutqazgandi.
Bu g‘alabadan keyin ham «Arsenal» 63 ochko bilan oltinchi o‘rinda qolmoqda. «MYu» 65 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati, 36-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 54 Chaka, 2:0 – 57 Uelbek.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Gibbs, Holding, Remzi, Oksleyd-Chemberlen, O‘zil, Chaka (Koklen, 76), Sanches, Uelbek.
Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Darmian, Tuanzebe, Smolling, Mxitaryan (Lingard, 61), Kerrik, Errera (Reshford, 63), Mata, Marsiyal, Runi.
Ogohlantirishlar: Koselni (67).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025