Sport | 16:18 / 08.05.2017
20691
1 daqiqa o‘qiladi
Xirosima qahramonlaridan yana biri vafot etdi
O‘zbekiston terma jamoasi bilan 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sobiq futbolchi Ulug‘bek Ro‘zimov 49 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda sport jurnalisti Kamoliddin Alimov feysbukdagi sahifasida xabar qoldirgan.
Uning vafoti sababi jigar sirrozi bo‘lgan.
Futbolchilik faoliyatini «Navbahor» va «Paxtakor» jamoalarida o‘tkazgan Ulug‘bek Ro‘zimov oxirgi yillarda «Paxtakor» akademiyasining 12 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat jamoasida murabbiy bo‘lib ishlayotgandi.
1994 yilda Xirosimadagi Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan jamoaning yana bir a'zosi Yuriy Sheykin 48 yoshida vafot etgandi.
Mavzuga oid
17:40 / 28.07.2024
Qog‘ozdan yasalgan mingta turna – atom bombasi portlaganda radiatsiya bilan zaharlangan yaponiyalik qizcha fojiasi
09:50 / 07.08.2023
Yaponiyada Xirosima atom bombardimoni qurbonlari xotirasi yod etildi
09:07 / 07.08.2023
BMT bosh kotibi: yadroviy tahdid soyasi yana butun dunyoni qamrab oldi
08:23 / 06.08.2020