Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Abdulla Aripovni Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 72 yilligi bilan tabrikladi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovga Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 72 yilligi munosabati bilan tabrik telegrammasi yo‘lladi.
Medvedev o‘z tabriknomasida G‘alaba kuni Ikkinchi jahon urushi frontlarida jang qilgan ota-bobolarning o‘lmas jasoratlari, front ortida mehnat qilganlarning qahramonliklarini gavdalantiruvchi ulug‘ bayram ekanligini ta'kidlab o‘tgan.
Medvedev tamal toshi harbiy yillarda qo‘yilgan do‘stlik an'analari kelgusida ham Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqdoshlik va strategik hamkorlikka ishonchli asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Medvedev Aripovdan barcha o‘zbekistonlik urush faxriylariga baxt, farovonlik va uzoq umr ko‘rishlarini tilab qolishini, samimiy hurmati va ularning ko‘rsatgan jasoratlari uchun minnatdorchiligini yetkazib qo‘yishni iltimos qilgan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025