Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: “Endi 9 mayni Moskva ssenariysi bo‘yicha nishonlamaymiz”
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, mamlakatda 9 may bayrami avvalgidek qoladi, biroq u “Moskva ssenariysi” bo‘yicha nishonlanmaydi. Bu haqda «Ukrainskiye novosti» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar natsizm ustidan qozonilgan g‘alabaning to‘la huquqli ishtirokchilari sanaladi.
“O‘sha yillar haqidagi achchiq xotiralar bizni tark etmayapti, avloddan avlodga o‘tib bormoqda. Bu bayram bor edi va bundan keyin ham bo‘ladi, biroq biz uni endi Moskva ssenariysi bo‘yicha nishonlamaymiz”, - degan u.
Shuningdek, Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Ikkinchi jahon urushida “sobiq Sovetlar Ittifoqi xalqlari birgalikda jang qilishgan”.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, bu urush “o‘ziga xos, ukraincha o‘lchovga ham ega edi, u esa biz uchun asosiydir”.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025