Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Velosipedchi sherigi ortidan quvlagan ayiqni videoga oldi
Velosipedchi shlemiga o‘rnatilgan kamerada o‘rmonda sherigi ortidan quvgan ayiqni tasvirga oldi. Video Dusan Vinzik nomli foydalanuvchi tomondan YouTube’da joylashtirildi.
Ushbu voqea Slovakiyadagi Malino Brdo tog‘ida sodir bo‘lgan. Kamera so‘qmoq bo‘ylab ketayotgan velosipedchi yonidan yugurib chiqqan ayiqni qayd qilgan.
Ayiq bir fursat velosipedchi ortidan so‘qmoq bo‘ylab quvlagan, so‘ngra o‘rmonga qaytib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Oldinda ketayotgan velosipedchi ayiq bilan yana to‘qnashib ketishdan qo‘rqib, ortga qaytgan.
Mavzuga oid
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
14:34 / 16.07.2024
Jizzaxda ikki kishi ayiq hujumidan halok bo‘lgani haqidagi xabar rad etildi
09:42 / 09.07.2024