Jahon | 19:20 / 10.05.2017
7158
2 daqiqa o‘qiladi

Yildirim: Turkiya Kurdiston ishchi partiyasining qo‘llab-quvvatlanishiga toqat qilib turmaydi

Foto: aa.com.tr

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim AQSh prezidenti Donald Trampning Pentagon tomondan asosan Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining Suriyadagi qanoti bo‘lgan Suriya xalq mudofaasi (YPG) jangarilaridan tashkil topgan Suriya demokratik kuchlariga qurol-aslaha yetkazib berilishi haqidagi qarorini qoraladi.

"Turkiya Kurdiston ishchi partiyasining qo‘llab-quvvatlanishi bo‘yicha birorta bevosita yoki bilvosita tashabbusga toqat qilmaydi. AQSh va Turkiya NATO bo‘yicha ikki muhim ittifoqdosh. Shuning uchun Anqara AQSh bunday keskin choralarga bormaydi hamda strategik hamkor va terrorchilar o‘rtasidagi tanlov oldida qolmaydi, deb umid qiladi", deb aytdi Yildirim.

"O‘ylaymanki, AQSh rahbariyatida Anqaraning Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilik tashkilotiga tegishli masalalarga qaltis munosabatdaligini hisobga olishiga imkon bor. Agar Anqaraning pozitsiyasi inobatga olinmaydigan boshqa qadamlar qabul qilinsa,  ularning salbiy oqibatlari nafaqat Turkiyaga, balki AQShga ham ta'sir qiladi", deb ogohlantirdi Turkiya bosh vaziri. 

Mavzuga oid