«Gamba Osaka» natsistlarning ramzi uchun jazolandi

Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasi o‘yin vaqtida muxlislari natsistlarning ramzlaridan foydalangani uchun jazolandi. BBC News xabariga ko‘ra, jamoa muxlislari ko‘targan bayroqlarda natsistlarning ramzi bo‘lgani uchun 2 million iyena miqdorida (17,5 ming dollar) jarima to‘laydi. Bundan tashqari, muxlislar noma'lum muddatgacha o‘yinlarga bayroq va bannerlar olib kirishi taqiqlangan.
Bu hodisa 16 aprel kuni milliy chempionat doirasida «Sereso Osaka»ga qarshi kechgan (2:2) o‘yin vaqtida ro‘y bergandi. Tribunadagi bayroqlarda SS belgilari tushirilgandi.
10 turdan keyin «Gamba Osaka» 19 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda ketmoqda.
Mavzuga oid

16:59 / 29.04.2025
Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

22:18 / 07.10.2021
Braziliyada natsistlarning bir necha million dollarlik buyumlari topildi

08:15 / 23.06.2017
Natsistlar Panama kanalini barbod qilishni rejalashtirgan hujjatlar oshkor qilindi

17:43 / 01.11.2016