Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda “KAMAZ” haydovchisi yo‘lovchining umriga zomin bo‘ldi
2017 yil 3 may kuni soat 21:30 larda, Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududida noma'lum haydovchi, noma'lum transport vositasini boshqarayotib, piyoda Jomboy tumanida yashagan, 1980 yilda tug‘ilgan T.Jni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabar berdi.
Natijada piyoda T.J voqea joyida halok bo‘lgan.
Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan G‘.Sh shaxsiy “KAMAZ-53212” rusumli yuk avtomobilida sodir etganligi aniqlandi. U 2017 yil 4 may kuni ushlangan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025