Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qishloq xo‘jaligi sohasida ikkita yirik xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 30 may-2 iyun kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida «Uzbekistan Agrotech Expo 2017» va «Uzbekistan Agromash Expo 2017» qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalar xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmalarda quyidagi bo‘limlar bo‘ladi: meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, go‘sht va baliqni qayta ishlash, sutni qayta ishlash, veterinariya, non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, yorliqlar, poligrafiya, qadoqlash, muzlatish texnologiyasi, o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy preparatlar, issiqxona, asalarichilik, uydagi mehnat uchun asbob-uskunalar.
Avvalgi ko‘rgazma Turkiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Eron, Italiya, Ukraina, Fransiya kabi ko‘plab davlatlarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Hammasi bo‘lib 150 eksponentlar ro‘yxatdan o‘tkazildi, ular orasida 122 tasi xorijiy.
Bu yilgi ko‘rgazmada qatnashish uchun esa 150 dan ortiq eksponent murojaat yuborgan. Ular orasida xorijiy davlatlardan bo‘lgan 95 ta ishtirokchi bor.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025