Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina telekanallari Rossiyadagi jahon chempionati uchrashuvlarini namoyish qilmasligi mumkin
Ukraina milliy jamoatchilik teleradiokompaniyasi rahbari Zurab Alasaniya Rossiyada o‘tadigan 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchrashuvlarining Ukrainada namoyish qilinishidan voz kechilishiga erishishga harakat qiladi. Alasaniya bu haqda "Telekritika" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Alasaniyaning aytishicha, u lavozimidan kechib bo‘lsa ham uchrashuvlarning namoyish qilinishiga qarshi chiqadi.
"Agar milliy terma jamoa u yerga borsa va mamlakat Rossiyaga borishi va u yerda ishtirok etishi mumkin, deb hisoblasa, men kanal rahbari sifatida lavozimimni yo‘qotsam ham "Biz buni ko‘rsatmaymiz" deb aytaman. Men futboldagi yirik amaldorlardan bu haqda so‘raganimda ular bujmayib, "Ishqilib, Ukraina o‘ta olmasin" deb aytmoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi Alasaniya.
Ukraina terma jamoasi o‘zining saralash guruhida 5 ta o‘yindan keyin 8 ochko to‘plab 3-o‘rinni egallamoqda. Saralash bosqichi natijalarga ko‘ra, jahon chempionati finaliga guruhda birinchi o‘rin egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladilar, ikkinchi o‘rin egallagan jamoalar jahon chempionatiga borish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bahslashadilar. Ukraina guruhida Xorvatiya peshqadamlik qilmoqda (13 ochko), 2-o‘rinni Islandiya (10 ochko) egallamoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025