Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. 4ta gol urgan «Arsenal»ga 4-o‘rin uchun bir qadam qoldi
Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan yana to‘rtta uchrashuv nihoyasiga yetdi.
«Stok Siti» mehmoni bo‘lgan «Arsenal» Olive Jiruning dubli, Mesut O‘zil va Aleksis Sanches tomonidan kiritilgan gollar evaziga yirik hisobda g‘alabaga erishdi va ochkolari sonini 69taga yetkazib oldi. Endilikda Venger shogirdlari 4-o‘rinda borayotgan «Liverpul»dan bir ochko ortda qolmoqda.
Ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Suonsi» chempionshipga tushib ketishi aniq bo‘lgan «Sanderlend»ni uyida mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 38taga yetkazib oldi. Ertaga bo‘lib o‘tadigan «Kristal Pelas» va «Hall» uchrashuvida «KP» ochko yo‘qotmaydigan bo‘lsa, «Sanderlend» va «Midlsbro» ortidan ligani tark etadigan uchinchi jamoa «Hall» bo‘lib chiqishi mumkin.
Angliya premer-ligasi, 37-tur
Stok Siti – Arsenal 1:4 (0:1)
Gollar: Krauch (67) – Jiru (42, 80), O‘zil (55), Sanches (76).
Stok Siti: Batlend, Martins Indi, Shoukross, Piters, Kemeron, Allen (Krauch, 60), Uelan, Arnautovich (Sobxi, 81), Shakiri, Djonson, Diuf (Beraxino, 61).
Arsenal: Chex, Mustafi, Koselni, Monreal, Holding, O‘zil (Uelbek, 83), Koklen, Sanches (Remzi, 77), Chaka, Belerin, Jiru (Uolkott, 84).
Ogohlantirishlar: Mustafi (28), Holding (78), Krauch (89).
Sanderlend – Suonsi 0:2 (0:2)
Gollar: Lorente (9), Noton (45).
Sanderlend: Pikford, Kone, Denayyer (Gibson, 20), Mankilo, O′Shi, Ndong, Larsson, Jons, Anichebe (Hazri, 37), Borini, Defo.
Suonsi: Fabianski, Mouson, Olsson, Noton, Fernandes, Ki Son Yen (Fer, 67), Britton (Kork, 77), Sigurdsson, Kerroll, Ayyu, Lorente (Narsinx, 89).
Ogohlantirishlar: Larsson (58), Hazri (78), Gibson (84), Borini (86).
Bornmut – Byornli 2:1 (1:0)
Gollar: Stanislas (25), King (85) – Vouks (83).
Bornmut: Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Kuk, Arter (Gosling, 81), Stanislas (Ayb, 87), Pyu, King, Musse (Freyzer, 66).
Byornli: Hiton, Long, Uord, Louton, Tarkovski, Arfild (Gudmundsson, 75), Vestvud, Xendrik, Boyd (Breydi, 55), Barns (Grey, 46), Vouks.
Ogohlantirish: Breydi (89).
Midlsbro – Sauthempton 1:2 (0:1)
Gollar: Bemford (72) – Rodriges (42), Redmond (57).
Midlsbro: Gyuzan, Chembers, Frend, Fabio, Gibson, de Ron, Kleyton, Forshou (Lidbitter, 60), Dauning (Fisher, 60), Negredo, Bemford.
Sauthempton: Forster, Yosida, Kaseres, Bertran, Pe, Xeyberg (Devis, 74), Romeu, Bufal (Redmond, 46), Klasi, Rodriges, Long (Ostin, 87).
Ogohlantirishlar: Kleyton (66), Gibson (86), de Ron (90).
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025