Sport | 19:36 / 13.05.2017
13246
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Uzbek Tigers Butunjahon boks seriyasi pley-off bosqichida ilk jangini o‘tkazadi

O‘zbekistonning Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhida uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l olgan Uzbek Tigers jamoasi bugun 13 may kuni Samarqand shahridagi «Mo‘'jiza» amfiteatrida Butunjahon Boks seriyasi (WSB) doirasidagi chorak final bosqichining ilk uchrashuvini o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschilar amaldagi chempionlar - Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jamoa murabbiylari mazkur bahsga kuchli tarkibni tanlashga qaror qilishgan. O‘z o‘rnida kubaliklar ham O‘zbekistonga asosiy tarkib bilan yetib kelgan. Demak, Samarqandda bo‘lib o‘tadigan boks kechasida:

49 kg: Hasanboy Do‘smatov - Joxanus Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliyev - Xaver Ibanes
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon

kabi bokschilar ringga ko‘tarilishadi. Jamoalarning javob uchrashuvi 20 may kuni Havana shahrida o‘tkaziladi. Uchrashuv 19-30da boshlanadi. 

Kun.uz sayti tahririyati Uzbek Tigers jamoasi a'zolariga omad yor bo‘lishini tilaydi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid