«Chelsi» - Angliya chempioni!
Angliya premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy uchrashuvda «Vest Bromvich» va «Chelsi» jamoalari maydonga tushishdi.
Uchrashuvning 82-daqiqasida belgiyalik Mishi Batshuayi tomonidan kiritilgan gol londonliklarga kichik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi va bu jamoa uchun yetarli bo‘lgan uch ochkoni taqdim etdi.
Natijada 36 uchrashuvda 87 ochko to‘plagan «Chelsi» ikkita o‘yin qolgan premer-ligada muddatidan oldin chempion bo‘lish vazifasini uddaladi. Uchta o‘yin o‘tkazishi lozim bo‘lgan «Tottenhem»dan jamoa endilikda 10 ochko oldinga o‘tib oldi. Bu «Chelsi»ning premer-liga tashkil etilganidan buyon qo‘lga kiritgan beshinchi chempionligi bo‘ldi.
Angliya premer-ligasi, 37-tur
Vest Bromvich – Chelsi 0:1 (0:0)
Gol: Batshuayi (82).
Vest Bromvich: Foster, Makoli (Uilson, 64), Nom, Douson, Evans, Livermor, Fletcher, Fild (Yakob, 51), Makkleyn (Shadli, 59), Brant, Rondon.
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 86), Pedro (Batshuayi, 76), Fabregas, Azar (Villian, 75), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Makkleyn (20), Fild (36), Uilson (71).
Turning yana bir uchrashuvida «Everton» «Uotford»ni qabul qilib, kichik hisobda zafar quchdi.
Everton – Uotford 1:0 (0:0)
Gol: Barkli (56).
Everton: Robles, Djagelka, Beyns, Xolgeyt (Valensiya, 46), Uilyams, Devis, Shnayderlin, Barkli (Berri, 80), Guyye, Miralyas (Kone, 86), Lukaku.
Uotford: Gomes, Predl, Mariappa, Xolebas, Kabasele (Suniga, 37), Kapu (Nyang, 81), Bexrami (Amrabat, 71), Dukure, Yanmat, Okaka Chuka, Dini.
Ogohlantirishlar: Behrami (39), Yanmat (39), Xolebas (70).
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024
Serlot «Real»ga 4 ta gol urdi, «Chelsi» ham yevrokubokda. Kun o‘yinlari
12:06 / 06.05.2024