Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston FVV tog‘li tumanlarda favqulodda holat tartibini joriy qildi
Qirg‘iziston janubida joylashgan Jalolobod viloyati Avletim qishloq okrugida tog‘ daryolarida suv sathi ko‘tarilishi sababli favqulodda holat tartibini joriy qildi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«11-12 may kunlari havo harorati keskin ko‘tarilgani hamda tog‘larda qorning erishi sababli daryolarda suv miqdori ko‘tarildi. Shu bilan Baykashka-Terek va Orol qishloqlarida suv toshqinlari xavfi oshdi. Bundan tashqari, Chon-Tosh qishlog‘idagi avtomobil ko‘prigining o‘ng tomonini suv yuva boshladi. Bu ko‘prik orqali 67 xo‘jalikka boriladi. Yuqorida qayd etilgan holat munosabati bilan Avletim qishloq okrugida favqulodda vaziyat tartibi joriy qilingan», — deyiladi xabarda.
Suv toshqini tahdidi tufayli 15ta uyda istiqomat qiluvchi aholi ko‘chirilgan. FVV mutaxassislari mahalliy hokimiyat bilan birga daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025