Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: Havo harorati yaqin 5-7 yil ichida 1,5 darajaga ko‘tarilishi mumkin
Insoniyatning iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi shartlarini bajarmasligi 5-7 yildan keyin sayyoramizdagi ko‘plab hududlarning muzliklar erishidan suv ostida qolishiga olib keluvchi global isish jarayoni boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan Avstraliyadagi Melburn universiteti olimlari Endryu King va Benjamin Xili ogohlantirishmoqda.
Olimlar 2015 yilda imzolangan Parij kelishuvi bekor qilinsa yoki davlatlar uning shartlarini bajarishdan bosh tortsalar, Yerda yuz berishi mumkin bo‘lgan global isish oqibatlarining barcha variantlarini ko‘rib chiqdilar. Mutaxassislarning xulosalari xursand bo‘lishga arzigulik emas: agar taxmin qilinayotgan jarayon yuz bersa, unda issiqxona bug‘lari miqdorining keskin oshishi sababli 2024 yilda sayyoramizdagi havo harorati o‘rtacha 1,5 darajaga ko‘tariladi.
Bu esa Arktikadagi muzliklar erishi va Dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, so‘ngra sayyoramizdagi ko‘plab hududlarning suv ostida qolishi va insoniyatning tanazzuliga olib kelishi mumkin. Shuningdek, iqlim zonalari surilishi, ko‘plab shaharlar yo‘q bo‘lib ketishi, ularning aholisi esa halokatga mahkum bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
21:59 / 10.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
18:43 / 08.05.2025