Sport | 16:44 / 13.05.2017
8967
1 daqiqa o‘qiladi

Rus murabbiyi APL jamoasini boshqarishi mumkin

Rossiya terma jamoasi va TsSKA klubi sobiq bosh murabbiyi Leonid Slutskiy Angliyaning «Uotford» klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Uotford» italiyalik Valter Matstsarrini ishdan oladigan bo‘lsa, aynan rossiyalik mutaxassis uning o‘rnini egallash uchun asosiy murabbiy sifatida qaralmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shuningdek, ingliz jamoasi boshqaruviga Marko Silva va Klaudio Raneri nomzodlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga oid