Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Timoshenko Yanukovichning davlatga xoinlik ishini siyosiylashgan deb atadi
Ukrainaning «Batkivshina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenkoning bayonot berishicha, mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning davlatga xiyonat qilganligi bo‘yicha jinoiy ish siyosiylashgandir. Bu haqda u «112 Ukraina» telekanali efirida so‘z yuritdi.
Timoshenko so‘zlariga ko‘ra, «bugungi kunda Ukraina hukumati ishlayotgan usul shundan iboratki, u Yanukovichni oqlash uchun imkoniyat barpo qilmoqda». Timoshenkoning aytishicha, «unda to‘g‘ri amalga oshayotgan narsaning o‘zi yo‘q».
«Birinchidan, bu ishni siyosiylashtirishdi, bosh prokuror esa Yanukovich hamda uning atrofidagilarning aybdorligi haqida so‘z yuritmoqda. Shuning o‘zi, bu ishni Yevropa sudida siyosiylashgan deb tan olishgakifoya qiladigan birinchi dalildir. Chunki, ular hukm chiqarilmaguncha, baholashga va jarayonni siyosiylashtirishga haqqi yo‘q», — degan Timoshenko.
Ikkinchidan, Ukraina sobiq bosh vaziriga ko‘ra, «Yevropa sudi tomonidan huquqiy asoslar sifatida qabul qilinadigan barcha jarayonlar buzilgan».
«Hammasi buzildi. Agar Yanukovich himoya huquqidan mahrum etilsa, bilingki, bu Yanukovichning Yevropa sudlari instansiyalarida reabilitatsiyasini anglatadi», — degan siyosatchi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025