Sport | 22:21 / 13.05.2017
14949
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbek Tigers vs Cuba Domadores. So‘nggi juftlikda Kuba vakili g‘alaba qozondi

Foto: "Kun"

Samarqand shahrining «Mo‘'jiza» amfiteatrida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning chorak final bahslari ilk janglari yakuniga yetdi. Unda Uzbek Tigers va Cuba Domadores bokschilari o‘zaro kuch sinashdi. 

Ringga so‘nggi bo‘lib 91 kggacha bokschilar chiqib kelishdi. O‘zbekistonlik yosh va iqtidorli bokschi Sanjar Tursunov va kubalik Erislandi Savon o‘zaro kuch sinashdi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra, Sanjar Tursunov o‘zidan ancha tajribali bo‘lgan Erislandi Savonga imkoniyatni boy berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Erislandi Savon mashhur kubalik bokschi Feliks Savonning jiyani hisoblanadi. O‘z vaqtida Ruslan Chagayev Feliks Savonni mag‘lub etgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid