Oq uy: KXDR uchirgan raketa Rossiyaga juda yaqin hududga tushgan
Shimoliy Koreya uchirgan ballistik raketa Rossiyaga juda yaqin hududga tushgan. AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu raketa sinovi Yaponiyadan ham ko‘ra Rossiyani tashvishlantirishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Shon Spayserga asoslangan holda ABC News xabar tarqatdi.
«Hisoblashimizcha, raketa Rossiya hududiga juda yaqinga tushdi, Yaponiya yaqiniga emas, prezident bundan Rossiya xursand bo‘lishini tasavvur qila olmaydi», — degan Spayser.
AQSh prezidenti ma'muriyati mamlakat o‘z ittifoqchilarini KXDRdan himoya qilishini ta'kidlagan. Oq uydagilar bu raketa uchirilishi KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishiga olib kelishidan ogohlantirgan.
CNN telekanali ma'lumotiga ko‘ra shimolliklar uchirgan oxirgi raketa Primore o‘lkasi qirg‘oqlaridan 60 milya (100 km) nariga tushgan. Amerikalik amaldor Vladivostokda Rossiya harbiy-dengiz floti joylashtirilganini eslatib o‘tgan.
14 may tongida KXDR g‘arbiy sohilidagi Kuson uyezdidan raketa uchirildi. Raketa 30 daqiqa uchgan, parvoz uzunligi 800 kilometrni tashkil qilgan. Dastlabki xabarlarda bu raketa Yapon dengiziga qulagani aytilgandi.
Mavzuga oid
23:20 / 23.09.2024
Kreml Putinning yangi yadroviy raketalari sinovi muvaffaqiyatsiz kechganidan bexabar ekanini ma’lum qildi
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
20:19 / 13.09.2024